Uy-joy sotib olish uchun muddatli to‘lov

Openbank sizga qulay shartlarda uy-joy sotib olish uchun muddatli to‘lovni taklif etadi – tez, shaffof va ishonchli. Onlayn ariza qoldiring va qisqa vaqt ichida skoring natijasini oling.

Uy-joy sotib olish uchun muddatli to‘lov

Nima uchun aynan Openbank?

Openbank tomonidan taklif etilayotgan uy-joy sotib olish uchun muddatli to‘lov - 2 yildan 10 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash asosida uy-joy xarid qilishning qulay va ishonchli usulidir. Mijoz ikkilamchi bozordan uy-joyni tanlaydi, bank esa “Open Tijorat” sho‘ba korxonasi orqali uni sotuvchidan xarid qilib, mijozga muddatli to‘lov sharti asosida sotadi. Natijada mijoz uy-joyni darhol o‘z nomiga rasmiylashtiradi va to‘lovlarni bosqichma-bosqich amalga oshiradi - an’anaviy ipoteka krediti rasmiylashtirmasdan.

Qulaylik
Limitni oshirish uchun 5 nafargacha birgalikda qarz oluvchilarni qo‘shish imkoniyati

Raqamli xizmat
Barcha jarayonlar - mobil ilova va ERI orqali: ariza topshirish va shartnomani imzolash oson va qulay

Moslashuvchan muddatlar
2 yildan 10 yilgacha bo‘lgan qulay muddat

Haqqoniylik
Bitimlar amaldagi qonunchilik asosida va “Open Tijorat” vositachiligida ishonchli tarzda amalga oshiriladi

Boshlang‘ich to‘lov atigi 20%
Bu bozordagi eng qulay shartlardan biri

Shaffoflik
Bitimning barcha bosqichlari notarius, mustaqil baholash va kadastr orqali amalga oshiriladi

Openbank orqali ko‘chmas mulkni muddatli to‘lovga qanday xarid qilish mumkin?


1

Ariza topshiring.
Openbank ilovasida ariza topshiring va bir necha daqiqada skoring natijasini oling.


2

Hujjatlarni tayyorlang va boshlang‘ich to‘lovni amalga oshiring.
Sotuvchi hujjatlarni taqdim etadi, siz esa hisob raqam ochib, birinchi to‘lovni amalga oshirasiz.


3

Shartnomani imzolang.
Shartnoma e-imzo orqali onlayn imzolanadi.


4

Ko‘chmas mulkni qabul qilib oling.
Biz mablag‘ni sotuvchiga o‘tkazamiz va mulkni nomingizga rasmiylashtiramiz.


5

Muddatli to‘lovni amalga oshiring.
Openbankdagi jadvalga muvofiq oylik to‘lovlarni amalga oshirishni boshlang.

Muddatli to‘lov kalkulyatori

Qarz oluvchi ma'lumotlari
Hisoblash
Boshlang'ich to'lov bitim qiymatining kamida % qismi bo‘lishi kerak

Arizani yuborish orqali siz maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz

Uy-joy sotib olish uchun muddatli to‘lovni qanday olish mumkin?

SmartCarousel

Openbank mobil ilovasiga kirib, Menyu > Uy-joy sotib olish uchun bo‘lib to‘lash bo‘limiga o‘ting.

Savollarga javoblar